Savdo agenti vs Telegram bot — qaysi biri samaraliroq?
Distribyutsiya bo'yicha har bir tashkilot rahbari oxirida bitta savolga keladi: 5 ta savdo agentga oylik 25 mln so'm beramanmi yoki bitta tizimga investitsiya qilamanmi?
Savdo agentning kunlik real qamrovi: 35-45 do'kon. Yo'lda vaqt, salomlashish, suhbat, savat to'plash, kvitansiya yozish — har biri vaqt yeydi. Oyiga taxminan 900-1 100 do'kon-tashrif chiqadi.
Telegram bot esa 24/7 ishlaydi. Cheklov yo'q. 5 ming do'kondan kuniga ham 5 ming buyurtma kelishi mumkin (real raqam emas, ammo nazariy chegara). Cheklov server resursida, agent operativ vaqtida emas.
Xarajat tomonida: 5 ta agent oylik o'rtacha 4-5 mln so'm = 20-25 mln so'm. Plus benzin, telefon, faktor xarajatlar — yana 5 mln. Jami 25-30 mln so'm/oy.
Bot tizimi: oylik abonement modelida 1-3 mln so'm orasida. Agentlarga nisbatan 90% arzon. Lekin tizim yangi mijoz topib bermaydi — bu hali ham odam ishi.
Sifat tomoni murakkabroq. Agent yangi mahsulotni qanday tanitishni biladi, mijoz e'tirozini hal qila oladi, ishonch quradi. Bot esa neytral — sotmaydi, faqat qabul qiladi.
Eng samarali model — gibrid. Agent yangi mijozlar topadi va qiyin holatlarni hal qiladi (debt collection, claim handling, kategoriya kengaytirish). Bot esa rutin qayta zakaslarni avtomatlashtiradi.
Gibrid modelda agentlar soni 5 dan 2 ga tushadi, qamrov 1 000 dan 5 000 do'konga oshadi. Tashkilot 60-70% xarajatni tejaydi va daromad 3-4 baravar oshadi. Saleflow ushbu model uchun mo'ljallangan.